Bu gal suriyalik qochqinlarni, avto halokat yo’lidan qoldirdi

Qochqinlar Gretsiyaning Lesbos oroliga ketayotgan edi.

425240
Bu gal suriyalik qochqinlarni, avto halokat yo’lidan qoldirdi

Turkiyaning Balikesir viloyati, Havran tumanida suriyalik qochqinlarni o'z ichiga olgan mikroavtobus halokatga uchradi. Oqibatida 1 nafari yosh bola bo'lish bilan birga jami 5 kishi halok bo'ldi.

Halokat, Balikesir-Chanoqqal'a yo'lida yuz berdi.

Suriyalik qochqinlarni o'z ichiga olgan mikroavtobusning haydovchisi rulni boshqaruv hokimiyatini yo'qotdi.

Oqibatida o'z yo'lini yo'qotgan mikroavtobusdagi 35 nafar suriyalik qochqindan 5 nafari jon berdi.

Tan jarohati olganlar esa Edremit nomidagi davlat kasalxonasiga olib borildi.

Voqea o'rnida tadqiqot ishlari olib borgan Jandarm, halokatga uchragan mikroavtobusni yo'ldan olish chog'ida yana bitta shubhali mikroavtobusni to'xtatdi.

Qidiruv natijasida Gretsiyaning Lesbos oroliga ketishga harakat qilayotganligi ma'lum bo'lgan 37 nafar qochqin qo'lga tushdi.

Har ikki mikroavtobusning haydovchilari nazorat ostiga olinar ekan, qo'lga tushgan 67 nafar qochqin, zarur ma'muriy tamoyil uchun Havran tumanidagi Jandarm qo'mondonligiga olib borildi.



Aloqador xabarlar