Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Lotin Amerikaga safar qiladi

Joriy yilning 31 yanvar-4 fevral kunlari amalga oshiriladigan rasmiy ziyorat chog’ida, o'zaro munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

425106
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Lotin Amerikaga safar qiladi
erdoğan açıklamalar

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Chili, Peru va Ekvatorga otlanmoqda.

Joriy yilning 31 yanvar-4 fevral kunlari amalga oshiriladigan rasmiy ziyorat chog'ida, ushbu davlatlar bilan Turkiya o'rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Fursatdan foydalanib, mazkur davlatlar o'rtasida ko'plab sohalar bo'yicha hamkorlik shartnomalari imzolanadi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning Chili ziyorati ikki davlat o'rtasidagi diplomatik aloqalarning 90 yilligiga to'g'ri keladi.

Peru va Ekvatorga Turkiyadan ilk marta prezident darajasida rasmiy ziyorat amalga oshirilmoqda.

Erdog'anning bu mintaqaga ikkinchi marta rasmiy ziyorat amalga oshirishi Lotin Amerika davlatlariga ko'rsatilgan ahamiyatning nishonasidir.

Erdog'an o'tgan yili ham ushbu mintaqa davlatlariga rasmiy ziyorat amalga oshirgan edi.


Tanlangan kalimalar: #turkiya , #erdog'an , #Lotin , #Amerika

Aloqador xabarlar