Davuto’g’li bilan Merkel, matbuot anjumani uyushtirdi

Anjuman chog’ida, har ikki davlatning Bosh vazirlari, DEASh terror tashkilotining odam bolasiga qaratilgan bir tahdid ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

424248
Davuto’g’li bilan Merkel, matbuot anjumani uyushtirdi

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li Yevropa davlatlarini o'z ichiga olgan rasmiy ziyoratining oxirgi bekati Germaniya poytaxti Berlinda, germaniyalik kasbdoshi Angela Merkel bilan matbuot anjumani uyushtirdi. Anjuman chog'ida, har ikki davlatning Bosh vazirlari, DEASh terror tashkilotining odam bolasiga qaratilgan bir tahdid ekanligini ta'kidlab o'tdilar.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li, “Turkiya bilan Germaniya, birgalikda, bu tahditga qarshi Iroqda, Suriyada, Turkiyada, Germaniyada, har joyda kurash olib borishga tayyordir” dedi.

Terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyotlarni ham baholagan Janob Davuto'g'li, olib borilgan kurashning demokratik huquq davlati ichida yuritilgan kurash ekanligini aytdi. Shuningdek ushbu kurashning, faqatgina terrorist guruhlarni nishonga olgan va ularning demokratiyaga, yurtning tinchligiga ziyon yetkazadigan tahdidiga mone'lik qilish kurashi ekanligini qo'shimchalab o'tdi.

Huddi DEASh terror tashkiloti kabi PKKning ham oxirgi kunlarda ayniqsa Suriyadagi vaziyatlardan olgan jur'ati orqali Turkiyada, ko'plab jiddiy terror faoliyatlari boshlatganligini va tinch aholi bilan xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirganligiga e'tibor qaratgan Davuto'g'li, bu mavzuda germaniyalik kasbdoshiga ham ma'lumot berganligini eslatib o'tdi.

Davuto'g'li o'z so'zini, “Merkelga minnatdorchilik bildirshimiz kerak. Chunki, 3-4 yildan beri butun dunyoda davom etib kelayotgan insonlik fojiasiga, muhojirlarning vaziyatiga qarshi Merkel, Yevropani jiddiy ravishda xabardor qildi” deya yakunladi.



Aloqador xabarlar