Mehmet Shimshek: “Vatanim bilan faxrlanaman”

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek Davosda...

423886
Mehmet Shimshek: “Vatanim bilan faxrlanaman”
mehmet şimşek davos

Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek Shveysariyaning Davos shahrida bo'lib o'tayotgan Jahon iqtisodiy forumiga qatnashmoqda.

Mehmet Shimshek Davosda “Insoniy javobgarlik, global, mintaqaviy va kasbiy yondashuvlar” nomli yig'ilishga qatnashdi.

Ko'chmanchilar masalasiga bag'ishlangan yig'ilishda so'zga chiqqan Mehmet Shimshek, urush va terrorizm kabi sabablar tufayli, 60 milliondan ziyod inson uylaridan ko'chib ketishga majbur bo'lganini aytib o'tdi.

U ko'chmanchilar masalasiga global miqyosda yechim topish zarurligini aytadi.

BMTni ushbu masala bo'yicha faol ro'l o'ynashga chaqirgan Shimshekning fikricha, Suriyada havo hujumlarini to'xtatgan holda, ko'chmanchi oqimini oldini olish mumkin.

Turkiya hozirda Suriyadan qochib o'tgan 2 yarim million aholiga mezbonlik qilganini va ularga mexnat qilish huquqi bilan ta'lim olish imkoniyatini yaratib berganini tilga olgan Mehmet Shimshek, “Vatanim bilan faxrlanaman”,-dedi.

Uning aytishicha, Turkiya Suriyadagi urushdan qochib kelgan insonlarni qabul qiladi va bu siyosatidan voz kechmaydi.

Turkiya hozirgacha Suriyadan kelgan qochqinlarga o'z kuchi bilan 8 milliard dollar mablag' sarf qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Davos , #forum , #Mehmet , #Shimshek

Aloqador xabarlar