Terroristlar politsiya xodimlariga bomba va roketa bilan hujum qildi

Hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi, 4 nafari yaralandi.

423421
Terroristlar politsiya xodimlariga bomba va roketa bilan hujum qildi
tümen11

Kecha Turkiyaning Diyarbakir va Shirnak viloyatlarida bo'lginchi terror tashkiloti PKKga a'zo terroristlar politsiya xodimlariga bomba va roketa bilan hujum qildi.

Hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo'ldi, 4 nafari yaralandi.

Shirnakning Idil tumanida chuqur qazib tashlangan hududlarda politsiya xodimlarini olib ketayotgan o'q o'tmas zirhli transport o'tib ketayotgan paytda terroristlar tomonidan chuqurlarga ko'mib tashlangan bombalardan biri portlagan.

Portlash oqibatida 7 nafar politsiya xodimi tan jarohati olgan. Bulardan 3 nafari og'ir yaralangan.

Yarador politsiya xodimlariga Idil shifoxonasida tez yordam ko'rsatilgach, Shirnakdagi harbiy shifoxonaga olib ketildi.

Lekin, og'ir yaralangan 3 nafar politsiya xodimi shifoxonaga doktorlarning barcha say-harakatlariga qaramasdan olamdan o'tdi.

Diyarbakirning Yenishehir tumanida ketayotgan zirhli politsiya xizmat vositasiga bir guruh terrorist roketalar bilan hujum qildi.

Roketa transportga emas, elektr sransformatoriga borib tushgani katta fojiani oldini oldi.

Ikki hududda ham terroristlar bilan xavfsizlik xodimlari o'rtasida otishmalar davom etmoqda.

Diyarbakirning Sur tumanida halok bo'lgan serjant Ug'ur Shahinga atab Diyarbakir harbiy shifoxonasida marosim o'tkazildi.

Marosimga harbiylar, Ug'ur Shahinning safdoshlari bilan uning Diyarbakirda xizmat qilgan ukasi ishtirok etdi.

Marosimdan so'ng shahid janozasi tug'ilgan joyi Adanaga jo'natildi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an avvalgi kuni Siirtda PKK terroristlariga qarshi operatsiya paytida halok bo'lgan politsiya xodimi Yalchin Yamanerning oilasiga qo'ng'iroq qilib, taziya bildirdi.

Erdog'an halok bo'lgan politsiya xodimining farzandlari uchun uy olib berish to'g'risida tegishli vakillarga buyruq berdi.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #askar , #politsiya , #terrorist

Aloqador xabarlar