Prezident Erdog’an Turkmanistondagi konferensiyada nutq so’zladi

Janob Erdog'an o'z nutqida muhim masalalarga to'xtaldi.

407051
Prezident Erdog’an Turkmanistondagi konferensiyada nutq so’zladi

Prezident Erdog’an Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20-yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” deb nomlangan xalqaro konferensiyasida ishtirok etish va uchrashuvlar o’tkazish uchun Ashxobotga bo’rar ekan, u yerda avvalom bor konferensiya ishtirokchilari bilan birgalikda ”Betaraflik haykaliga” gul chambar qo’ydi.

“Betaraflik haykali”ga gul chambar qo’yish marosimi ortidan konferensiya o’tkaziladigan Savdo-sanoat palatasi binosiga qarab yo’l olgan liderlarni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov kutib oldi.

Kutib olish marosimi ortidan boshlagan konferensiyada Prezident Erdog’an nutq so’zlar ekan, o’z nutqida terrorizmga qarshi kurashda xalqaro birlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Beqarorlik masalasini xalqaro miqyosda hal qilishning ahamiyatiga ham e’tibor qaratgan Erdog’an,

-“Xalqaro jamiyat va tashkilotlarning eng ko’p ma’suliyat olishlari kerak bo’lgan jarayondan o’tmoqdamiz. Tinchlik va barqarorlikni tahdit ostiga olgan ittifoqlar bilan bu ittifoqlarni paydo qilgan noaniqliklar butun davlatlarga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Tinch aholining jon berishi va ommaviy ravishda ko’chish voqealari tufayli insoniy jihati oldingi o’rinda turgan bu masalani xalqaro huquq va hamkorlik doirasida tezlik bilan hal qilinishini xohlaymiz” dedi.

Prezident Erdog’an, Turkmanistonni, betaraflik kuni bilan ham tabrikladi.

Shuningdek Turkmanistonning mintaqaviy va global tinchliklni ta’minlashga qaratilgan say-harakatlarini Turkiya ham qo’llab-quvvatlashni davom ettirajagini aytdi.

Prezident Erdog’an kun mobaynida, konferensiyada ishtirok etgan ba’zi Davlat rahbarlari bilan ham uchrashuv o’tkazdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar