Prezident Erdog'an, Turkmanistonda

Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganiga 20 yil to'ldi.

406799
Prezident Erdog'an, Turkmanistonda

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20-yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” deb nomlangan xalqaro konferensiyasida ishtirok etish maqsadida Turkmaniston poytaxti Ashxobodda.

Oqshom vaqtlarida Ashxobodga yetib bo’rgan Erdog’anni, Ashxobod aeroportida Turkmaniston Qishloq xo'jaligidan ma’sul Vazirlar kengashi raisi o'rinbosari Esen Murat Arazgeldiyev, Turkiyaning Ashxoboddagi elchisi Mustafa Kapuju bilan Turkmanistonning Anqara elchisi Ata Serdarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Milliy liboslar kiygan turkman bolalari Rajap Tayyip Erdog’anni non bilan kutib olishib, Janob Prezidentga, “Xush kelibsiz” dedilar.

Prezident Erdog’anga Iqtisodiyot vaziri Mustafa Elitash, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak va Xalq ta’limi vaziri Nabi Avji ham hamrohlik qildilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar