Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi vaboga qarshi ogohlantiradi

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi xorijga sayohat qilmoqchi bo’lgan fuqarolarning vabo kasalligiga qarshi himoyalovchi chora-tadbirlarga ahamiyat berishi zarurligini bildirdi.

398779

Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli Turkiya salomatlik boshqarmasi direktori Husem Hatipog’lu xorij sayohatiga chiqmoqchi bo’lgan fuqarolar vabo kasalligidan saqlovchi bir qator chora-tadbirlarga ahamiyat berishi kerakligini bildirib, “Pishmagan yeguliklarni iste’mol qilish, xom meva-sabzavotlarni iste’mol qilmaslik hamda mutlaqo toza ichimlik suvi iste’mol qilish zarur”-dedi.
Iroqda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 17 xokimiyatda 2724 nafar fuqaro vaboga chalingan. Bulardan 2 nafari olamdan o’tgan.
Tashkilot toza ichimlik suvi tanqis bo’lgan va kanalizatsiya sistemalari rivojlanmagan joylarda vabo kasalligining keng tarqalish ehtimoli borligiga e’tibor qaratmoqda.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar