Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatarning poytaxti Dohada...

Bugun Qatar Amiri Shayh Tamim Bin Hamad Al Thani Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkazadi.

397435
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Qatarning poytaxti Dohada...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an rasmiy ziyorat amalga oshirish maqsadida kecha Qatarning poytaxti Dohaga safar qildi.
Bugun Qatar Amiri Shayh Tamim Bin Hamad Al Thani tomonidan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi.
Erdog’an Qatar Amiri bilan birga 2014 yili Ankarada imzolangan “Turkiya Respublikasi bilan Qatar Davlati o’rtasida oliy strategik komitet tuzilishiga doir mushtarak bitim” doirasida tashkil qilingan Oliy Strategik komitetning birinchi yig’ilishi va imzo marosimiga qatnashadi.
Qatar Amiri bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradigan Erdog’an, sharafiga berilgan tushki ziyofatga tashrif buyuradi, so’ngra Yunus Emre madaniyat markazining ochilishiga qatnashadi.
Erdog’an Qatar Universiteti tomonidan taqdim etilgan “Fahriy doktorlik” unvonini topshirish marosimiga qatnashadi.
Ortidan esa, Doha Xalqaro kitob ko’rgazmasining ochilishiga tashrif buyuradi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar