Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Parijda...

Dmitriy Peskov:"Putin Fransiyada o'tkaziladigan BMT Iqlim konferensiyasida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan uchrashmaydi"

395864
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Parijda...


Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an BMT 21-Iqlim konferensiyasiga qatnashish uchun Fransiyaning poytaxti Parijga jo’nab ketdi.
Erdog’an Parijda dastlab Fransiya Prezidenti Francous Hollande mezbonligida liderlar sharafiga berilgan tushki ziyofatga qatnashadi.
Tushdan keyin konferensiyada so’zga chiqadigan Erdog’an ba’zi davlat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.
Fransiya Prezidenti Francous Hollande va Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel bilan bugun uchrashadigan Erdog’an ertaga Amerika Prezidenti Barack Obama bilan uchrashadi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning uchrashuv taklifiga hamon javob bermadi.

Vladimir Putinning kotibi Dmitriy Peskov esa, "Putin Fransiyada o'tkaziladigan BMT Iqlim konferensiyasida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bilan uchrashmaydi"-dedi.

Anadolu Xabar agentligining xabariga ko'ra, Rossiya Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan uchrashib yoki uchrashmasligi, balki telefon orqali suhbatlashishiga doir savolga javoban Peskov, "-Rejamizda hech qanday uchrashuv yo'q"-dedi.

Iqlim konferensiyasiga qatnashgan 147 davlatning prezidentlari va bosh vazirlari 2020 yildan e’tiboran butun dunyoga taalluqli bo’lgan shartnoma ustida kelishuv ta’minlashga harakat qiladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar