Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras Turkiyada...

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras bugun Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan qabul qilinadi.

418560
Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras Turkiyada...

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Chipras kecha Turkiya-Yunoniston milliy futbol terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan matchni Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu bilan birga tomosha qildi.
Yunoniston Bosh vaziri Chipras bugun tongda Istanbulda joylashgan Fener Rum patrikxonasini ziyorat qildi.
Chipras patrikxona vakillari tomonidan kutib olindi.
Yunoniston Bosh vazirining tashrifi munosabati bilan patrikxona atrofida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi.
Chipras bugun Istanbuldan poytaxt Ankaraga keladi va Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan qabul qilinadi.
Bundan tashqari, Chiprasning Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemail Kilichdarog’lu, Xalq demokratik partiyasi rahbari Selahattin Demirtash va o’rinbosari Figen Yuksekdag’ bilan uchrashishi kutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar