Bugun Erdog’anga, yangi hukumat taqdim etilishi mumkin

Erdog’an kecha, Davuto’g’liga yangi hukumatni tuzish vazifasini topshirgan edi.

418584
Bugun Erdog’anga, yangi hukumat taqdim etilishi mumkin

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 64-hukumatni tuzish vazifasini Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisi va Qoniya viloyatidan deputat Ahmet Davuto’g’liga topshirdi.

Prezident Erdog’an, Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi qasamyod marosimi ortidan Prezidentlik saroyida Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lini qabul qildi.

Uchrashuv ortidan Erdog’an, Davuto’g’liga hukumatni tuzish vazifasini topshirdi.

Davuto’g’li hukumatni tuzish vazifasini qabul qilganidan keyin, yangi kabina a’zolarini tasdiqlashi uchun Erdog’anga taqdim etishi darkor. Buning uchun 45 kunlik muhlat ajratilgan.

Faqat Davuto’g’lining bugun yangi hukumatni taqdim etishi kutilmoqda.

Prezident Erdog’an taqdim etilgan yangi hukumatni tasdiqlagudek bo’lsa, unda, bugun Vazirlar kengashi dasturi o’qib eshittiriladi.

Dastur o’qib eshittirilganidan roppa-rosa 2 kun o’tganidan keyin uchrashuvlar boshlaydi.

Uchrashuvlar ortidan esa roppa-rosa 1 kun o’tganidan keyin esa ishonch bildirish bo’yicha ovoz berish faoliyati o’tkaziladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar