Turkiya Prezidenti G-20 sammiti oldidan tadbirkorlar anjumanida

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an G-20 sammiti oldidan o’tkazilgan anjumanda tadbirkorlar va ishchi uyushmalari vakillariga hitob qildi.

366150
Turkiya Prezidenti G-20 sammiti oldidan tadbirkorlar anjumanida


Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an G-20 sammiti oldidan o’tkazilgan anjumanda tadbirkorlar va ishchi uyushmalari vakillariga hitob qildi.
Jahon sarmoyasi yoki finans sektori haqida bosh qotirish zarurligini bildirgan Erdog’an, “Terror hujumlariga nazar tashlaganimizda, buning asosida nima yotadi? Qizg’anchiqlikni, kambag’alchilikni yoki ishsizlikmi?”-deya hitob qildi.
Asosan, dunyodagi sarmoya va ish bilan ta’minlovchi tadbirkorlar bir yoqadan bosh chiqaradigan bo’lsa, dunyoda terrorga og’ir zarba berilishini tilga oldi.
Turkiya G-20 sammitiga o’tkinchi rahbar ekanini eslatgan Erdog’an, rivojlanish faqatgina raqamlardan iborat emasligini, balki sifat darajasi ham muhim ekanini tilga oldi.
Prezident Erdog’an, butun dunyodagi tadbirkorlarni kam ta’minlangan insonlarga biroz ortiqcha ulush berishga chaqirdi.
Turkiyada eng kam ish haqi va o’rtacha oyliklar oshirilganini, ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat berilganini bildirgan Erdog’an, Turkiya so’ngi 13 yil ichida davlat va xususiy investitsiya bilan poydevorga katta hissa qo’shganini tilga oldi.
Prezident Erdog’an, bundan tashqari Turkiyadagi foizlarning baland ekaniga e’tibor qaratdi va “Pulning qiymatini tushirish zarur. Pulning qiymati oshar ekan, bu mamlakatda na yosh tadbirkorlarni, na ayol tadbirkorlarni uchratib bo’ladi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar