Prezident Erdog’an, "Terrorning yaxshisi, yomoni yo’q" dedi.

Prezident Erdog’an, CNN INTERNATIONAL telekanali savollariga javob berdi.

416442
Prezident Erdog’an, "Terrorning yaxshisi, yomoni yo’q" dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, terrorga qarshi kurashning Turkiyaning mezbonligida Antaliyada o’tkaziladigan G-20 Sammitida eng muhim masala sifatida muhokama qilinajagini aytdi.

CNN INTERNATIONAL telekanali savollariga javob bergan Prezident Erdog’an, odam bolasiga qarshi jinoyat hisoblangan terrorga qarshi, judayam kuchli kurash olib borishning shart ekanligini eslatgan holda,

“Terrorning yaxshisi, yomoni yo’q” dedi.

G-20 sammitida terror tashkiloti DEAShga qarshi kurashning muhokama qilinajagini belgilab o’tgan Prezident Erdog’an, DEASh bilan birga PYD, YPG va PKK kabi mintaqa uchun muammo tug’dirgan va boshqa terror tashkilotlariga qarshi ham kuchli kurash olib borilishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident Erdog’an,

“Hozirgi kunda DEAShga qarshi kurash olib borilmoqda deya PYD yoki YPGning yaxshi ekanligini aytish imkonsiz. Turkiya DEAShga qarshi kurash olib bormoqda deyapdilar. Biz buni qabul qilolmaymiz. Terrorga qarshi kurash bir butundir. Kuchli kurashish darkor” deya gapirdi.

Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarga ham to’xtalgan Erdog’an, mintaqada Moskvaga eng yaqin davlatning Turkiya ekanligini faqat ikki davlatning, Suriya mavzusida farqli fikrga ega ekanligini ta’kidladi.

Turkiyaning eng ko’p suriyalik muhojir qabul qilgan davlat ekanligini eslatgan Prezident, G’arb davlatlarini, yana da ko’proq harakat qilishga undadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar