Prezident Erdog’an, Suriya masalasini baholadi

Poytaxt Anqarada o’tkazilgan Tashqi iqtisodiy munosabatlar komissiyasi Biznes kengashi raislari va elchilar yig’ilishida ishtirok etgan Prezident Erdog’an, Suriya masalasini baholadi.

415225
Prezident Erdog’an, Suriya masalasini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Suriya oloviga otin tashlagan barchaning, o’sha olovning ichiga o’zining tushajagini aytdi.

Erdog’an;

“Keling, harbiy mashg’ulot ta’limini amalga oshiraylik, terror qo’lidan qutqarib olingan mintaqani, no-fly hudidi deb e’lon qilib, muammoni hal qilaylik” deya gapirdi.

Poytaxt Anqarada o’tkazilgan Tashqi iqtisodiy munosabatlar komissiyasi Biznes kengashi raislari va elchilar yig’ilishida ishtirok etgan Prezident Erdog’an, Suriya masalasini baholadi.

Agar bu dunyoda adolat o’rnatilmagudek bo’lsa unda yaxshilik kutishning ahamiyati yo’qligini aytgan Erdog’an, Suriya buning namunasi ekanligini qo’shimchaladi.

Suriyada 370 ming inson o’ldirilar ekan, jimgina qarab o’tirgan insonlarda odamgarchilikning yo’qligini aytgan Erdog’an;

“Yana bir Aylanning o’lishi shartmi. Bu dunyo yordamga yana bir Aylan o'lganidagina chopadimi? Anavu yerda odam o’lyapdi, odamlar esa o’tirib tomosha qilyapdi” dedi.

Turkiyaning bugungacha faqatgina boshpanalarda jon saqlayotgan 280 ming mehmonga 8.5 milliard dollar sarflaganligini aytgan Prezident, xalqaro tashkilotlar tomonidan kelgan yordamning esa, bu Turkiyadagi yordamlarning sifatini orttirishda foydalanilajagini aytdi.

Terrorga qarshi qat’iy qaror bilan kurashilmagudek bo’lsa unda olovning butun dunyoga tarqashi haqida butun dunyoni ogohlantirgan Erdog’an;

“Terrorni bahona qilib Suriya orqali o’yin o’ynaganlar, qisqa muddat ichida notog’ri yo’lda ekanliklarini tushinib yetadilar. Dunyoning bir necha davlati Suriya muammosini axborot vositalari orqali kuzatib borar ekan biz bu muammolar bilan har kuni yuzlashayabmiz. Biz haqiqatning o’zginasi aytib, jar solayabmiz. Suriyadagi olovga otin tashlaganlar, yaqin kunlarda o’zlarini ana shu olovning ichidan topadi. Bundan qutilolmaydi. Bu samimiy ravishda aytilgan, do’stona uqtirishdir” deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar