Bosh vazir Ahmet Davutog’lu CNN International kanalida...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Amerikaning CNN International kanalida muhbir Christiane Amanpourning savollariga javob berdi.

414413
Bosh vazir Ahmet Davutog’lu CNN International kanalida...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda yana ham mustahkam strategiyaga ehtiyoj borligini ma’lum qildi.
Ahmet Davutog’lu Amerikaning CNN International kanalida muhbir Christiane Amanpourning savollariga javob berdi.
Turkiya Suriyada DAISh terror tashkilotiga qarshi havo operatsiyalariga qo’shiladimi? degan savolga javoban Davutog’lu,
Turk Qurolli Kuchlari haftada bir necha kun mobaynida koalitsiyaga qo’shilib, DAIShga qarshi havodan hujum qilganini ma’lum qildi.
-Lekin, Turkiya yakka o’zi barcha mas’uliyatni o’z zimmasiga ola olmaydı”-deydi Davutog’lu.
U bu haqda shunday dedi: “Quruqlik kuchlarining operatsiyalari barchamiz birgalikda muhokama qiladigan masala. Havodan va quruqlikdan operatsiyaga o’tish uchun yana ham mustahkam strategiyaga ehtiyojimiz bor. Agar koalitsiya va juda yaxshi rejalangan strategiya bo’lsa, Turkiya doimo mas’uliyat olishga tayyor”-dedi.
-Quruqlik operatsiyasi ham bunga taalluqlimi? degan savolga Davutog’lu –“Xa albatta. Aks holda, DAISh terror tashkilotiga qarshi quruqlikdan operatsiya ketar ekan, jang maydonida kuch bo’shlig’ining yuzaga kelishi DAIShdan boshqa terror guruhlarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Suriya masalasini tubdan hal qilishimiz zarur”-deya javob berdi.
Turkiya koalitsiya tarkibida DAISh terror tashkilotiga qarshi yuritilgan havo operatsiyalariga tez-tez qatnashganini tilga olgan Davutog’lu, “-Lekin, bu yetarli emas. Biz buni kuzatib boryabmiz. Ittifoqdoshlarimizga tavsiya qilganimizdek, takror aytmoqchiman, xavfsiz hududni tashkil qilishimiz va terror tashkilotini chegaralarimizdan haydashimiz kerak”-dedi.
Terror tashkiloti PKKning hamkori bo’lgan PYDga o’tkazilgan yordamlarga to’xtalgan Davutog’lu, “-Agar Amerika jang maydonida DAIShga qarshi kurash olib borgan kurdlarni qurol bilan ta’minlamoqchi bo’lsa, biz bunga qarshi emasmiz, lekin PKK terroristlarining qurollanishiga aslo yo’l qo’ymaymiz. Butun dunyo PKKning shaharlarimizga, qishloqlarimizga va tinch aholimizga hujum qilgan terror tashkiloti ekanini biladi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar