Vaqtinchalik hukumat, bugun, oxirgi marotaba yig’ilish o’tkazadi

Vazirlar Kengashi, Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li rahbarligida soat 17:00da yig’ilish o’tkazadi.

414003
Vaqtinchalik hukumat, bugun, oxirgi marotaba yig’ilish o’tkazadi

Ushbu yig’ilish, joriy yilning 7-iyuni kuni o’tkazilgan saylov ortidan amalga oshirilgan koalitsion haqidagi uchrashuvlarning muvaffaqiyatsiz natijalanishi ortidan Konstitutsiyaga muvofiq tuzilgan vaqtinchalik hukumat kabinasining oxirgi yig’ilishi hisoblanadi.

Yig’ilishda Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li avvalom bor kabina a’zolariga, vazifalarini konstitutsiya talab qilgan javobgarchilik doirasida yuritganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Kabinaning qariyb 2.5 oydan beri amalga oshirgan faoliyatlari qo’lga olinadi.

Ichki va tashqi muhim masalalarning ro’yhati stol ustida boladi.

DEASh, PKK, DHKP-C va Fetullahchi terror tashkilotiga qaratilgan harbiy amaliyotlar muhokama qilinadi.

Milliy birlik va qardoshlik jarayoni, iqtisodiy masalalar ham kun tartibiga olib chiqiladi.

Suriyadagi voqealar bilan muhojirlar muammosi ham muhim sarlavhalar ro’yhatida.

Undan tashqari 15-16-noyabr kunlari Antaliyada o’tkaziladigan G-20 Davlat rahbarlari sammitidan oldin amalga oshirilgan tayyorgarliklar va xavfsizlik chora-tadbirlari haqidagi oxirgi vaziyat ko’rib chiqiladi.

Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan esa Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, vazirlar bilan ularning turmush o’rtoqlariga ziyofat beradi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar