Bugun Turkiyada saylov o'tkazilmoqda

32 shaharda soat 07:00da ovoz berish jarayoni boshlandi.

361344
Bugun Turkiyada saylov o'tkazilmoqda

Bugun Turkiyada saylov o’tkazilmoqda.
Mamlakat bo’ylab sharqiy va janubi sharqiy hududlarda ovoz berish jarayoni boshlandi.
Turkiya Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputat saylaydi.
32 shaharda soat 07:00da ovoz berish jarayoni boshlandi.
Bu shaharlarda saylov 16:00gacha davom etadi.
Boshqa shaharlarda esa, soat 08:00dan e’tiboran ovoz berish jarayoni 17:00da yakunlanadi.
Mamlakat bo’ylab 54 million 49 ming 940 saylovchi ovoz beradi.
Ushbu saylovda 350 ming saylovchi ilk marta ovoz bermoqda.
Xorij davlatlarida yashagan Turkiya fuqarolari bergan ovozlar Turkiyaga keltirildi.
Ankara savdo uyi konferensiya zalidagi xorijiy tuman saylov kengashida saqlanayotgan ovozlar ovoz berish jarayoni yakunlangach, Turkiyada berilgan ovozlar bilan birga sanab chiqiladi.
Bojxonalarda esa, ovoz berish jarayoni bugun 17:00gacha davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar