DEAShga qaratilgan harbiy amaliyotlar davom etmoqda

Turkiyaning Qoniya shahrida 30, Kojaeli viloyatida esa 14 kishi DEASh bilan munosabatta degan shubha bilan nazoratga olindi.

401960
DEAShga qaratilgan harbiy amaliyotlar davom etmoqda

Istanbulda aviatsiya yordamida tashkilotga qaratilgan amaliyot o’tkazildi.

Istanbul Xavfsizlikni ta’minlash mudirligi, Terrorga qarshi kurash bo’limi xodimlari, militsiya vertolyoti va maxsus militsiya xodimlari yordami bilan Sultanbeylida oldindan aniqlab olingan adreslarga bir vaqtning o’zida bir necha amaliyot uyushtirdi.

Amaliyotlar oqibatida 21 nafar shubhali nazoratga olindi. Shubhalilarning uy-joyi va ishxonalarida tintuv olib borildi.

Tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan shubhalilar, Terrorga qarshi kurash bo’limiga olib borildi.

Undan tashqari Diyarbakir shahar hokimiyati, dushanba kuni, shaharning o’zida, DEAShga qarshi amalga oshirilgan amaliyotda xudkush ustidagi bombani portlatganligini bildirdi.

DEASh a’zolari istiqomat qilguvchi uyga qaratilgan amaliyotda, 2 nafar militsiya xodimi shahid bo’lar ekan, 7 nafar terrorist o’lik holatda qo’lga tushirildi. 17 terrorist esa hibsga olindi.

Shahar hokimiyati tomonidan ma’lum qilinishicha, terroristlar qo’lga tushirilgan uydan bomba yasashda foydalanilgan ashyo va tashkilotga oid hujjatlar topilgan.

Bosh Shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha esa, noqonuniy yo’llar orqali Suriyaga o’tmoqchi bo’lgan DEASh terror tashkiloti a’zosidan 17 kishi qo’lga tushgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar