Diyarbakirda 2 nafar militsiya xodimi shahid bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyatida terror tashkiloti DEAShga qarshi harbiy amaliyot uyushtirildi. Oqibatida 2 nafar militsiya xodimi shahid bo’lar ekan, 4 nafar militsiya xodimi esa tan jarohati oldi.

358589
Diyarbakirda 2 nafar militsiya xodimi shahid bo’ldi

Diyarbakir viloyati, Kayapinar tumanida joylashgan va DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristlarga oid ekanligi aniqlangan bir uyga hujum qilindi.

Ushbu hujum chog’ida uyning atrofiga joylashtirib qo’yilgan bomba portladi.

Portlash oqibatida 2 nafar militsiya xodimi shahid bo’lar ekan, 4 nafar militsiya xodimi tan jarohati oldi.

Undan tashqari portlash oqibatida terroristlar bilan militsiya xodimlari o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ldi va ba’zi terroristlar yakson qilindi.

Harbiy amaliyot haligacha davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar