Turkiyadan uy xarid qilgan chet elliklarga xush xabar

Turkiyadan uy xarid qilib olgan chet elliklarga, Turkiya Respublikasi fuqaroligi berilishi kun tartibiga chiqdi.

392857
Turkiyadan uy xarid qilgan chet elliklarga xush xabar

Turk ko’chmas mulk tarmog’ining Korfaz hududi investorlari yig’ilishida mehmon bo’lgan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Turkiyadan uy xarid qilib olgan chet elliklarga to’g’ridan-to’g’ri Turkiya Respublikasi fuqaroligi berilishiga qaratilgan say-harakatlarning boshlaganligini aytdi.

Ushbu qonunning dunyoning bir necha davlatida kuchga kirganligini aytgan Nihat Zeybekchi;

-“Ustida bayrog’imizning rasmi bo’lgan ko’chmas mulk hujjati egalarining barchasi bizning fuqaromizdir. Bu haqida muhim ishlar olib bormoqdamiz. Hozircha qoidalarini belgilaganimiz yo’q lekin ko’chmas mulk sotib olgan kishilarga fuqarolik beramiz” dedi.

Bu mavzuda kerakli say-harakatlar boshlatilganligini aytgan Zeybekchi, Vazirlar kengashiga xabar berilganligini faqat qonunning kuchga kirishiga hali vaqt borligini aytdi.

Zeybekchi hukumatning qurilish sektorini qo’llab-quvvatlayotganliga e’tibor qaratgan holda, chet elliklarga turar-joy sotishlik, eksportning bir turi ekanligini tilga oldi.

Iqtisodiyot vaziri Zeybekchi, chet elliklarga turar-joy sotgan qurilish firmalari bilan chet elliklar mehmon bo’layotgan mehmonxonalarni ham o’z ichiga oladigan bir tartib-qoida tuzilganligini ham aytib o’tdi.

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, bu tartib-qoida orqali bu doirada faoliyat ko’rsatayotgan va yurtga valyuta olib kirgan firmalarni ham eksportchi sifatida qabul qilganligini qo’shimchaladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar