Bosh vazir, Anqara hujumi haqida ma'lumot berdi

Xususiy TV kanali orqali mavzu haqidagi muhim savollarga javob bergan Bosh vazir, hujumni amalga oshirgan ikkinchi terrorist haqida tergov ishining davom etayotganligini aytdi.

355976
Bosh vazir, Anqara hujumi haqida ma'lumot berdi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, 10-oktabr kuni Anqarada yuz bergan terror hujumini amalga oshirgan xudkushlardan birining kim ekanligining aniqlanganligi haqida ma’lumot berdi.

Xususiy TV kanali orqali mavzu haqidagi muhim savollarga javob bergan Bosh vazir, hujumni amalga oshirgan ikkinchi terrorist haqida tergov ishining davom etayotganligini aytdi.

Davuto’g’li bugungacha bir necha terror hujumining oldi olinganligini eslatib;

“Biz, ham kuzatib boramiz, ham qo’lga olamiz, ham da tayyorgarlik ko’rilganligini his qilgudek bo’lsak unda nazoratga olamiz. Amalga oshirilishi kerak bo’lgan hamma narsa qilinyapdi” deya gapirdi.

Shu bilan birga 102 nafar kishining o’limiga sabab bo’lgan bombali hujum haqidagi tergov doirasida Sudga tortilgan 11 kishidan 4 nafari hibsga olindi.

Xavfsizlik xizmati markazidagi zarur ma'muriy tamoyil yakunlanganidan keyin kecha prokuraturaga yuborilgan gumonlar, tergovni olib borgan respublika prokurorlariga ko’rsatma berdi.

Prokuratura, gumonlardan 6 nafarini hibsga olish talabi bilan navbatchi sudga yuborar ekan, 4 nafarini to’g’ridan to’g’ri ozod qildi. Bir nafarining sud tomonidan nazorat ostida tutilishini talab qildi.

Navbatchi sud, hibsga olinishi talab qilingan 6 nafar gumondan 4 nafarini hibsga olar ekan, 2 nafarini sudning nazorati ostida ozod qildi. Navbatdagi sud, prokuraturaning talabiga binoan qolgan gumonlarni sud organining nazoratida tutish haqida qaror qabul qildi.

Sud organining nazorati doirasida gumonlarning chet elga chiqishi man etilib, militsiya markazida qo’l qoyish sharti kiritildi.

Navbatchi sud undan tashqari, 9 nafar gumonni yo’qligida hibsga olish haqida qaror qabul qildi.

Prokurorlar, ko’rsatmasi olingan gumonlarni, Turk Jazo qonunining 82/1 moddasidagi, “ataylab, bombalash orqali qasddan odam o’ldirish” va “kuch va zo'ravonlik orqali Turkiya Respublikasi konstitutsiyada o’rin olgan tartib va qoidani buzishga yoki bu tartib va qoida o’rniga boshqa tartib va qoida kiritishga yoki ushbu tartib va qoidani amalga oshirishga halaqit qilishga tashabbus” jinoyatlari tufayli hibsga olish uchun yuborgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar