Yalchin Akdog’an terrorizmga qarshi xalqni birdamlikka chaqirdi

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an:“Respublika tarixida eng katta terrorizmga qarshi kurash jarayoni ketmoqda"

392882
Yalchin Akdog’an terrorizmga qarshi xalqni birdamlikka chaqirdi


Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdog’an terrorizmga qarshi xalqni birdamlikka chaqirdi.
Qabih kuchlar siyosatni dizayn qilish uchun terrorizmdan foydalanmoqchi bo’lganini tilga olgan Akdog’an, “Respublika tarixida eng katta terrorizmga qarshi kurash jarayoni ketmoqda. Qat’iy, sabrli, huquq yo’lida millatning haqqini va huquqini himoya qilish maqsadida kurash ketmoqda”-dedi.
Terror tashkilotlarining barchasi qora niyat bilan ozuqlanganini bildirgan Akdog’an, “Turkiyada terrorning onasi PKKdir. DHKPJ, MLKP bularning barchasi terror tashkilotidir. Bularning barchasi qora maqsadlar bilan xizmat qiladi. Barchasi vahshiydir. ularning barchasi insoniyat jinoyati sodir qilmoqda. Bularga qarshi barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz zarur. Bu mamlakatning muammosidir. Bu yerda maqsad Turkiyani cho’ktirishdir”-dedi.
Akdog’an 1 noyabr kuni o’tkaziladigan saylovlarda 380000 xavfsizlik xodimi xizmat o’tashini bildirib, “Shu sababli hech kim havotirga tushmasin”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar