Prezident Erdog’anning Yaponiya ziyorati boshladi

Prezident Erdog’an, Waseda universiteti tomonidan faxriy doktor unvoniga sazovor deb topildi.

389577
Prezident Erdog’anning Yaponiya ziyorati boshladi

Waseda universiteti tomonidan faxriy doktor unvoniga sazovor deb topilgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, faxriy doktor unvonini taqdim etish marosimida so’zga chiqib, xalqaro jamiyat terrorga qarshi kurash chog’ida hech kimni ajratmasdan, hammaga teng muomala qilishi kerakligi haqida gapirdi.

Shu jumladan “Mening terroristim yaxshi, seniki esa yomon” degan tushunchani tanqid qilgan Erdog’an, “DEASh bilan PKK, ikkalasi ham birdir. Tokioda, metro stansiyasida, zarin gazi bilan hujum uyushtirgan terroristning ham DEASh va PKKdan farqi yo’q” dedi.

Hudutdagi otashni Turkiyaga olib o’tishga harakat qilgan terror guruhlariga qarshi qarorli ravishda kurashganliklarini ta’kidlagan Prezident Erdog’an, insoniyatga qarshi jinoyat olaroq qabul qilingan terrorizmning butun jahonga qarshi global tahdit hosil qilganligini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Terrorni hech qaysi diniy va etnik hudutga oit deb aytolmaymiz. Qaysidir dinga yoki etnik hudutga oid deb aytganlar terrorga yordam berayotgan bo’ladi. Terrorga qarshi faol ravishda kurashayotgan bir davlat sifatida, xalqaro jamiyatning terroga qarshi kurashida hech kimga qarshi bo’lg’inchilik qilmasligi kerak deb o’ylaymiz. Terrorga qarshi kurashganlar mana shu so’zni yoddan chiqarmasligi kerak. Terroristlar amalga oshirgan faoliyatlari orqali mana shu sifatlarga loyiq ko’rilmoqda”.

Prezident Erdog’an, undan keyin “Turkiyada investitisya” deb nomlangan seminarda, yaponiyalik ishbilarmonlarga xitop etdi.

Prezident, 3.5 milliard dollarlik Turk-Yapon savdo hajmining, ega bo’lgan potensialga qaraganda kam ekanligini ta’kidladi.

Yaponiyalik ishbilarmonlarni Turkiyaga investitsiya qilish uchun taklif qilgan Erdog’an;

-“Maqsadimiz, Yaponiyaning chet eldagi investitsiyasining 1 foizini yani qariyb 1 milliard dollarini Turkiyada amalga oshirishidir. Global inqirozdan keyingi Turkiya iqtisodiyotining kuchli ravishda o’ziga kelib, ayoqqa turib ketishi yurtimizdagi investitisiya muhitini yana-da jozibali holga aylantirdi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar