Turkiyada terrorga qarshi kurash...

Turkiya, nafarat PKKga qarshi, uning sheriklari bilan ham kurashmoqda.

385555
Turkiyada terrorga qarshi kurash...

Turkiya, nafarat PKKga qarshi, uning sheriklari bilan ham kurashmoqda.

Bular boshida AQShning, terror tashkilot sifatida qabul qilmaganini bildirgan Demokratik Birlik Partiyas (PYD) va uning qurolli qanodi bo'lgan YPG bor.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, "PYD va YPG, bularning hammasi bizga ko'ra terror tashkilotidir" deb Anqaraning nazariyasini maydonga qo'ydi.

Bosh Vazir Davutog'lu ham PYDning Qandil bilan sheriklik qilganini izohladi. Davutog'lu, "PYD inson unsurini va qurolli kuchini Qandildan ta'min etmoqda" degan bayonotlari bilan YPGning PKK bilan hamkorlik ichida bo'lganini namoyon qildi.

Milliyat gazetasining xabariga ko'ra,  PYDning qurolli guruhlarining boshida Qandol tomonidan tayinlangan yuqori darajali PKKli boshqaruvchilar bor. Razvetka tashkiloti tomonidan tayyorlanib Bosh Vazir Davutog'luga taqdim etilgan hisobot, biri ayol uch nafar PKKlining PYD tarkibida faoliyat olib borganini bildirdi.

2003- yili vujudga kelgan PYD, PKKning Suriyadagi qanodi sifatida bilinmoqda. PKKga yaqin partiyalar kabi qo'shimcha rahbarlik sistemasi bilan boshqarilmoqda. Lideri Salih Muslim, 2012-yili bergan bayonotida PKK bilan organik emas ideologik rishtalari bo'lganini izohladi.

PYD, Suriyali muxoliflar tomonidan Esad rejimi bilan hamkorlik olib borish bilan ayblandi. Suriyaning Turkiya chegarasida nazorat qilgan hududda maxsus nuqtalar qurgan. PYDning bu nuqtalarni birlashtirib O'rtayer dengziga chiqish harakati, Iroqdagi Kurt neftiga Turkiyadan tashqari bir alternativa topmoqchi bo'lgani ilgari surilmoqda.

PYDning harbiy qanodi 65.000 terroristdan tashkil topgan Xalqni Qo'riqlash Birliklari (PYD). YPJ, YPGning ayollar qanodi. YPGga Amerika, Yevropa va Avstriyadan qurol va logistik dastak bilan jangarlar jihatidan yordam berilmoqda.

PJAK (Kurditson Erkin Hayot Partiyasi) ham PKKning Erondagi qurolli qanodi sifatida bilinmoqda. Eronga qarata hujumlarini 2011- yili bas qilgan PJAK, Qandol tog'lariga siljidi. 2014- yili May oyi Qadilda bir matbuot anjumanida faoliyatlarini  to'xtatganini ma'lum qildi. Bayonotda tashkilot ismining Sharqiy Kurdiston Erkinlik Tashkiloti (KODAR) bo'lganini ma'lum qildi.

Turkiyada terror tashkiloti bilan aloqali so'ngi so'zni Bosh Vazir Ahmet Davutog'li aytdi. Davutog'lu, PKKning chegaradan chiqib qurol tashlamagunicha Turkiyaning PYD bilan aloqali tushunchalarning o'zgarmasligiga diqat qaratdi.

"PYDning Suriya rejimi va PKK bilan aloqali bo'lmaganini ispotlashi kerak. Bo'lmasa qaysi guruhning PKK bilan aloqasi bo'lsa unday bir tashkilot Turkiya jihatidan bir tahdit va terror faoliyatini chegraning narigi tomonidan emas, istasa Iroq istasa Suriya bo'lsun toqat qilmaydi. Bu nuqtada PYDning uslubi o'zgarguncha PYDni ham PKK bilan ayni chiziqda ko'ramiz"dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar