Shirnakda 2 askar shahid bo'ldi...

Shirnakning Beytushshabab tumanida PKKli jangarilar ayni paytda 4 nuqtada hujum uyushtirdi.

392024
Shirnakda 2 askar shahid bo'ldi...

Shirnakning Beytushshabab tumanida PKKli jangarilar ayni paytda 4 nuqtada hujum uyushtirdi. 

Terroristlar, Shirnakning Beytushshabob tumanida Jandarm qo'mondonligi, tuman xavfsizlik mudirligi, Ayvalik va Tashrarsasi xavfsizlik markazlariga ayni paytda hujum qildi.

Raketalar va uzoq manzilni nisonga olgan hujumlarda 2 askar shahid bo'ldi.

Hujumda, 6 nafar politsiya, 8 askar va 1 ta posbon jarohat oldi.

Turk Qurolli Kuchlaridan berilgan bayonotga ko'ra hududdagi amaliyotlarda 34 nafar terrorist o'ldirildi.

Mardinning Nusaybin tumani Bagok Tog' yo'lida joy olgan Jandarm xavfsizlik markaziga raketalar va uzoq manzilni nishonga olgan qurollar bilan hujum qildi.

Hujum natijasida 2 askar esa yengil jabrlandi.

Boshqa tomonda, Turk samolyotlari, Iroqning shimolidagi Sinat-Hafta hududida, PKKga oid boshpana va logistik zaxiralarini urdi.

Uchuvchisiz havo vositalari va boshqa razvetka manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra o'tkazilgan amaliyotlarda, boshpana markazidagi ko'p qurol-yaroq bilan o'q-dori bartaraf qilindi. Ichkaridagi o'q-dorilar tufayli portlashlar 40 daqiqa davom etdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar