Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an TRTda...

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an TRTga bayonot berdi.

350930
Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an TRTda...


Prezident Erdog’an terrorizmni va terror voqealarini qo’llab quvvatlagan media tashkilotlari va sarmoya egalari hamda ularni moddiy ta’minlagan tashqi kuchlar albatta buning javobini berishini aytib o’tdi.
Prezident Erdog’an, 7 iyundagi saylov jarayonida olingan barcha xavfsizlik nazoratiga qaramasdan, terror tashkilotining zo’ravonligi bilan xalqning ovozi ularni qo’llab quvvatlagan siyosiy partiyalarga berilishi ta’minlangani aniqlanganini aytib o’tdi.
Qolaversa, yechim jarayoni doirasida asosan sharqiy va janubi sharqiy Anadolu mintaqasida xizmat qilgan xokimlar o’zlariga berilgan buyruqqa binoan terror tashkilotlariga qarshi operatsiyalarga qatnashmaganini bildirdi.
Prezident Erdog’an bu haqda quyidagilarni tilga oldi: “Umid qilamizki, bu xokimlar o’z xatosini tuzatadilar. Balki bu xatoni takrorlamadilar, lekin afsuski o’zlarini bu yo’ldan qaytarmadilar. Aksincha bu jarayonda ba’zi qabix ishlarga tayyorgarlik ko’rdilar. 7 iyundagi saylovlarda buni guvohi bo’ldik. Sharqda va janubi sharqiy Anadoluda buning isbotini ko’rdik”-dedi.
Terror tashkilotlari davlatning kommunal xizmat binolariga hujum qilganini, buni davlatning rasmiy xavfsizlik kuchlariga bo’y sunmagani uchun amalga oshirganini aytib o’tgan Prezident Erdog’an shunday dedi:
“Ularning dardi qo’ldan boy bergan ba’zi hududlarni qayta egallash. Lekin, bu davlatda ularga bu imkonni aslo berib qo’ymaymiz. Ularni qo’llab quvvatlagan media tashkilotlari, ularni moddiy ta’minlagan sarmoya egalari, ularga ichdan va chetdan yordam ko’rsatganlar buning javobini albatta beradilar. Turkiya Respublikasi va turk millati ularga huquq asosida kerakli javobni beradi degan umiddaman”-dedi.
Isroilning Masjid-i Aqsada suiste’mollik holatlariga yo’l qo’yganiga to’xtalgan Erdog’an, bu holat Yaqin sharqqa katta zarar berishini bildirdi.
U bu haqda shunday dedi:
“Umid qilamanki, buni oldi olinadi, aks holda buning oxiri hayir olib kelmaydi. Menimcha Isroil hukumati juda katta xato qilyabdi. Go’yo islom dunyosini gij-gijlash yo’li bilan Falastinda, Yaqin sharqda notinchlik keltirib chiqarmoqchi. Bu Yaqin sharq mintaqasiga katta zarar olib keladi”-dedi.
Suriyalik qochqinlar ahvoliga to’xtalgan Prezident Erdog’an, Turkiya Suriyadan kelgan qochqinlarni o’z bag’riga bosganini aytib o’tdi.
Ko’plab xorijiy davlat rahbarlari, bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari Turkiyadagi qochqin lagerlarini ko’rib, “Biz butun dunyoda bunday lagerlarni uchratmadik. Sizning insonlarga bo’lgan ko’z-qarashingiz boshqacha. Shuning uchun sizlardan minnatdormiz”-deb aytganini tilga olgan Erdog’an, Suriyada xozirgacha 300 mingdan ziyod inson nobud bo’lganini, buni oldini olish uchun qochqinlarni qabul qilishga qaror berganini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar