Ag’ri tog’ida PKKga qarshi harbiy operatsiya boshlandi

Operatsiyalarda jangovar samolyotlar tog'da joylashgan terroristlarning pistirmalarini va boshpanalarini nishonga oldi.

350392
Ag’ri tog’ida PKKga qarshi harbiy operatsiya boshlandi

Ag’ri tog’ida bo’lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi quruqlikdan va havodan harbiy operatsiya boshlandi.
Ag’ri tog’ining 2200 metr yonbag’rida joylashgan Korhan yaylovida terroristlar uchun mo’ljallangan ko’plab boshpana topildi.
Hududda kechki paytlarda boshlangan operatsiyalarda jangovar samolyotlar terroristlarning pistirmalarini va boshpanalarini nishonga oldi.
Ayni paytda Jandarm maxsus xizmat xodimlari tomonidan quruqlikdan hujumga o’tildi.
Shuningdek, Siirtning Eruh va Pervari tumanlarida ham terroristlar bilan politsiya xodimlari o’rtasida otishma ro’y bergan.
Otishmalar paytida 9 nafar terrorist qo’lga olingan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar