Dag'lija fojiasi ortidan Xavfsizlik yig’ilishi o’tkazildi

Ushbu yig'ilish Prezident Erdog'an rahbarligida 1 soat 15 daqiqa davom etdi.

376050
Dag'lija fojiasi ortidan Xavfsizlik yig’ilishi o’tkazildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida Xavfsizlik yig’ilishi o’tkazildi.

Turkiya Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha Prezidentlik majmuasi Dag’lijadagi terror hujumi ortidan xavfsizlik xizmati yig’ilishiga mezbonlik qildi.

Prezident Erdog’an rahbarligida soat 20:30da boshlagan yig’ilish qariyb 1 soat 15 daqiqa davom etdi.

Yig’ilishda Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismet Yilmaz, Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, Bosh shtab boshqarmasi raisi armiya generali Hulusiy Akar, Adolat vaziri Kenan Ipek, Ichki ishlar vaziri Selami Altinoq, Milliy Xavfsizlik vaziri Vejdi Go’nul, Jandarma Bosh qo’mondoni armiya generali Galip Mendi, Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan va Xavfsizlik xizmati Bosh direktori Jelalettin Lekesiz va tegishli oliy darajali byurokratlar ishtirok etdilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar