Ibrohim Kalin: "PKK g’arbning qulog’iga lag’mon ilyapdi".

PKK “DEAShqa qarshi kurashyabman” deya g’arbning qulog’iga lag’mon ilyapdi.

339085
Ibrohim Kalin: "PKK g’arbning qulog’iga lag’mon ilyapdi".

Prezident voizi Ibrohim Kalin, “PKK DEAShga qarshi kurashyabman deya g’arbning qulog’iga lag’mon ilyapdi” dedi.

Ibrohim Kalin “Daily Sabah” gazetasida o’rin olgan maqolasida chet el matbuotida tarqatilgan terror tashkiloti PKK haqidagi ijobiy qarashdagi xabarlarni tanqid qildi.

Kalin, o’z maqolasida “PKK qonuniylik qo’lga kiritish maqsadida Suriyadagi urushni bahona qilmoqda va tashkilot tomonidan tarqatilgan asossiz xabarlarga ba’zi chet ellik matbuot e’tibor bermoqda” deya gapirdi.

Prezident voizi Ibrohim Kalinning ta’kidlashicha, PKKning Suriyadagi sherigi hisoblangan PYD terroristlari Suriyada, DEASh haydap chiqilgan mintaqalarga, turkman va araplarning ko’chib borishiga mone’lik qilmoqda.

Undan tashqari Kalin, terror tashkiloti PKKning qon ichayotganligini va yil davomida ko’plab kurd va turkni o’ldirganligini ifodaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar