240 nafar terrorist, xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi

Terroristlar sheriklarini taslim bo’lishga undadi.

338987
240 nafar terrorist, xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi

Joriy yilning 24-iyulidan boshlab bugungacha 240 nafar terrorist, xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi.

Ushbu 240 nafar terroristdan 180 nafari Turk qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo amaliyotlari ortidan Kandil va atrofidagi lagerlardan qochgan bo’lib, qolgan 60 nafari esa avvallari Iroq shimoliga berkinib, keyin taslim bo’lganlar hisoblanadi.

Turk qurolli kuchlarining 22-iyuldan e’tiboran terror tashkiloti PKK ga qaratilgan harbiy amaliyotlari oqibatida esa jami 812 terrorist yakson qilindi.

Turkiyada, harbiylar tomonidan yaxshi kutib olinganligi haqida gapirgan terroristlar sheriklarini taslim bo’lishga undadi. Taslim bo’lgan terroristlarning aytishicha lagerlardagi ko’plab terroristlar qochmoqchi lekin qochishga harakat qilganlarga tashkilot tomonidan mone’lik qilinmoqda.

Terroristlar turk reaktiv uchoqlari tomonidan Kandildagi terrorist lagerlari portlatilgach, ushbu vaziyatni fursat deb bilib, ko’plab terroristning tashkilotdan qochib qolganligini aytgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar