Koalitsion hukumati tuzish harakati muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Turkiyaning oldida 2 ta variant bor.

332441
Koalitsion hukumati tuzish harakati muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li koalitsiya tuzish maqsadida Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdaro’g’lidan so’ng Milliyatchi Harakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli bilan uchrashuv o’tkazdi. Lekin har ikki uchrashuv ham ijobiy natija bergani yo’q.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li bilan Milliyatchi Harakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli koalitsiya masalasini muhokama qilish maqsadida kecha uchrashdilar.

Qariyb 2.5 soat davom etgan ushbu uchrashuv natijasida koalitsion hukumati tuzish qarori qabul qilingani yo’q.

Janob Davuto’g’li;

-“Iyul oyidan beri koalitsion hukumati tuzish uchun urinib ko’rdim. Bu mavzuda barcha yo’llarni teksharib ko’rganligimga ishonaman. Muhokama qilinishi kerak bo’lgan barcha masalalarni kerakli kishilar bilan baham ko’rishganligimga ham ishonchim komil. Oxirgi uchrashuv chog’ida Bahcheli Adolat va Taraqqiyot partiyasi bilan koalitsion hukumati qurishini maqul ko’rmaganligini ifodaladi” dedi.

Milliyatchi Harakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli esa, uchrashuv haqidagi bayonotini yozma ravishda bildirdi.

Bahcheli;

-"Tuzilajak saylov hukumati tarkibiga a’zo bermaymiz. Saylovning notog’ri ekanligi haqida avval ham aytib o’tgan edik. Koalitsion hukumati tuzish uchun ma’qul sharoit yaratilgani yo’q” dedi.

Milliyatchi Harakat partiyasi koalitsion hukumatini qabul qilgani yo’q. Ortda esa yana ikki variant qoldi.

Birinchi variant Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi yoki Adolat va Taraqqiyot partiyasining, Majlisni favqulodda yig’ilish o’tkazishga chaqirib, saylov o’tkazish qarori qabul qilishi.

Ikkinchi variant esa Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning hukumatning qurilishi uchun konstitutsiyada ko’rsatilgan 45 kunlik jarayonning o’z nihoyasiga yetajagi 23-avgustdan e’tiboran konstitutsiyaning 116-moddasiga muvofiq Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismet Yilmaz bilan ham maslahatlashgan holda, saylovlarning yangilanishi haqida qaror qabul qilishi.

Unda qaror qabul qilinganidan 90 kun o’tgach, dastlabki yakshanba kuni, Turkiyada takror saylov o’tkaziladi.

Agar Turkiyada takror saylov o’tkazilgudek bo’lsa bu vaziyat Turkiya tarixida birinchi marotaba kuzatilgan bo’ladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar