Ak partiya bilan Jumhuriyat Xalq partiyasi kelisha olmadi

Kecha Ak partiya rahbari va Bosh vazir Ahmet Davutog’lu bilan Jumhuriyat Xalq partiyasi o’rtasida yuritilgan koalitsiya hukumatini tuzish muzokaralari salbiy natijalandi.

326742
Ak partiya bilan Jumhuriyat Xalq partiyasi kelisha olmadi

Bosh vazir Ahmet Davutog’lu kecha bo’lib o’tgan muzokaradan so’ng matbuotga bayonot berdi.
Davutog’lu Jumhuriyat Xalq partiyasiga muddati cheklangan islohot hukumatini tuzishni taklif qilganini bildirdi.
Davutog’lu Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Ak partiya o’rtasida tashqi siyosat va ta’lim sohalaridagi fikrlarda katta farq borligini bildirdi.
Bosh vazirning aytishicha, shunday ekan, takror mamlakatda saylov o’tkazib, xalqning milliy irodasiga murojaat qilish ehtimoldan holi emas.
Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu esa, “Bizga koalitsiya taklifi bilan emas, balki muddati cheklangan etnik hukumatni qo’llab quvvatlash taklifi bilan murojaat qildilar”-dedi.
Koalitsiya hukumati bilan bog’liq o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borgan Milliyatchi Xarakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli, Jumhuriyat Xalq partiyasi bilan Ak partiya o’rtasida koalitsiya hukumati tuzilmasligi ma’lum bo’lishi bilan partiya mansublarini to’pladi.
Bosh vazir Ahmet Davutog’lu koalitsiya muzokaralari uchun Milliyatchi Xarakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli bilan uchrashishni taklif qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar