Terroristlar turk harbiylariga taslim bo'ldi

Bir nafari esa o'lik holatda qo'lga tushirildi.

324459
Terroristlar turk harbiylariga taslim bo'ldi

Bosh shtab boshqarmasi terrorga qarshi kurash maqsadida yuritilgan harbiy amaliyot haqida izohot berdi.

Ushbu izohatga ko’ra Turkiyaning Ig’dir viloyatida jandarma bilan terror tashkilotiga a’zo bir guruh o’rtasida qurolli to’qnashuv yuz berdi. To’qnashuv oqibatida bir nafar terrorist o’lik holatda qo’lga tushirildi.

Izohatda aytilishicha Ig’dir-Dog’ubayazit yo’lida 10 ta mashina terroristlar tomonidan to’xtatilgan va bir yuk mashinasi yoqib yuborilgan.

Hakkari-Chukurja yo’lida esa yo’lni to’sishga harakat qilgan bir guruhning say-harakati xavfsizlik xizmati tomonidan to’xtatildi.

Undan tashqari huddi o’sha yo’lda, qo’lda yasalgan va portlaydigan modda aniqlanib, yo’q qilindi. Yo’q qilinish chog’ida terroristlar tomonidan harbiylarga qurollar ila hujum qilindi.

Qurolli hujumga qarshi harbiylar ham o’q uzar ekan terroristlar o’q otishni to’xtatdilar.

Shirnak, Hakkari va Bingo’lda 20 nafar terror tashkiloti a’zosi qurolsiz olaroq xavfsizlik xizmati xodimlariga taslim bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar