Yaxshi umidlar, bu gal, yuk mashinasi shinalarida yo’lga chiqdi

Suriyalik qochoqlar bu gal yuk mashinasi shinalaridan qutqarildi.

318997
Yaxshi umidlar, bu gal, yuk mashinasi shinalarida yo’lga chiqdi

Izmirning Chashma tumanida, dengizning qirg’og’dan uzoq joyda, puflama qayiqlar va yuk tashuvchi mashinalarning shinalari orqali Gretsiyaga ketishga harakat qilgan qochoqlar qo’lga tushdi. Cho’kib ketish xavfi ostida qutqarib olingan qochoqlar soni 148 nafarni tashkil etdi.

Qochoqlar haqida ma’lumot olgan Chashma Sohil xavfsizlik va Bojxona nazorati xodimlari tezlik bilan ularga yordam berishga otlandilar.

Xodimlar avvalom bor yuk tashuvchi mashina shinalarida yo’lga chiqgan va cho’kish xavfi ostidagi qochoqlarni qutqardilar.

Ortidan ichiga suv kira boshlagan puflama qayiq ichidagi chaqaloqlarni, bolalarni qutqarib, suriyalik qochoqlarning xavfsizligini ta’minladilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar