Chanoqqal’ada 325 nafar qochoq qo’lga tushdi

Ular kerakli protsedura ortidan deport qilinadi.

346879
Chanoqqal’ada 325 nafar qochoq qo’lga tushdi

Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumanida, noqonuniy yo’llar orqali Gretsiyaning Mitilini oroliga ketishga harakat qilgan 325 nafar qochoq qo’lga tushdi.

Qirg’oq mudofaa xizmatiga qarashli qidiruv va qutqaruv ekipaj a’zolari, Sivrije qishlog’i va Kadirgaburnida nazorat amaliyoti uyushtirdi.

Ushbu nazorat amaliyoti natijasida shlyupkalarda Mitili oroliga ketish uchun tayyorlangan suriyalik, afg’onistonlik va falastinlik 325 nafar qochoq qo’lga tushdi.

Kuchukkuyu shahriga olib kelingan qochoqlar, protsedura ortidan deport qilinishlik uchun Ayvajik Xavfsizlik xizmatining Chet elliklarni qaytarib yuborish markaziga olib ketildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar