Nusseibeh: "Istanbul, san'at dunyosining uchrashuv markazi".

Zamonaviy san’at yarmarkasining ikkinchisi 2015-yilning 4-sentabri kuni Istanbulda o'tkaziladi.

320237
Nusseibeh: "Istanbul, san'at dunyosining uchrashuv markazi".

“"ArtInternational” deb nomlangan zamonaviy san’at yarmarkasining ikkinchisi 2015-yilning 4-sentabri kuni Istanbulning Halich Kongress markazida ochiladi.

Yarmarkada dunyoning 24 davlatidan 83 galereya ishtirok etadi.

Yarmarka direktori Dyala Nusseibeh tomonidan ma’lum qilinishicha yarmarkani, o’tgan yili, 20 mingdan ziyod kishi ziyorat qilgan. Bu yil esa Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham galereyalar ishtirok etadi.

Nusseibeh, “Istanbul, san’at dunyosining uchrashuv markazi bo’lishni davom ettirmoqda va bu dinamik atrof-muhit, yarmarkada ko’rgazmaga qo’yilgan san’at asarlarining sifati va rang-barangligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu yilgi yarmarkaning ochilishi 14-Istanbul Bienaliga teng kelmoqda va biz Istanbulning bundayin jo’shqin voqealarga va o’zgarishlarga boy haftasida kollektor; muzey, kutupxona, ko’rgazma, hayvonot bog’i va boshqa shunga o’xshash faoliyatlar uyushtirgan xodimlar, qo’riqchilar; san’at mutaxassislari va san'at shaydolaridan iborat bo’lgan ziyoratchilarimiz bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz” dedi.

O’tgan yili 20 mingdan ziyod kishi tomonidan ziyorat qilingan va 1 500 dan ziyod kollektor va san’at asarlari sotuvchisi ishitrok etgan yarmarkada 26 million 500 ming yevrolik san’at asari sotilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar