Turkiya, Braziliya Senati qarorini qoraladi

Braziliya Senatining qarori, arman diasporasining “1915-yili, go’yoki Usmoniy turklari tomonidan 1 million 400 ming arman aholi genotsid qilindi” deyilgan ayblovga qaratilgan edi.

297351
Turkiya, Braziliya Senati qarorini qoraladi

Braziliya Senati o’tgan hafta arman diasporasining “1915-yili, go’yoki Usmoniy turklari tomonidan 1 million 400 ming arman aholi genotsid qilindi” deyilgan ayblovi haqida qaror qabul qilgan edi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kecha, atalgan qarorni qoraladi.

“Braziliya Senatining Arman diasporasining, turklarga qaratilgan aybloviga binonan qabul qilgan qarori tarixiy haqiqatni soxtalashtirishning va huquqni yo’q deb hisoblashning bir ko’rsatkichidir. Buni bir mas'uliyatsizlik olaroq baholaymiz. Shuningdek qoralaymiz” deyilgan izohatda;

“Arman lobbisining ta’siri orqali qabul qilingan bunday siyosiy qaror tarixiy haqiqatni ham huquqiy normalarni ham o’zgartirishi imkonsizdir. Bu doiradagi fikrimiz, 2015-yilning 3-iyuni kuni Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingan Braziliyaning Anqara elchisiga yetkazildi. Turkiyaning Braziliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Huseyin Dirio’z ham maslahat uchun Anqaraga taklif qilindi” deya ifodalandi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar