Turkiya Polshadagi tatarlarni qo’llab quvvatlamoqda

TIKA Polshadagi “Bohoniki” nomli tatar qishlog’ida joylashgan yog’och masjitni qayta ta'mirladi.

286666
Turkiya Polshadagi tatarlarni qo’llab quvvatlamoqda


Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi TIKA Polshadagi tatarlarning madaniy, ijtimoiy va diniy qadriyatlarini saqlab qolish va mustahkamlashtirish uchun muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.
Polshadagi “Bohoniki” nomli tatar qishlog’ida joylashgan yog’och masjit TIKA tomonidan qayta ta’mirlandi.
3 din mansublari ibodat qilgan mazkur tarixiy masjitda tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.
Marosim chog’ida dunyoda adolat va tinchlik uchun duo qilindi.
Marosimda so’zga chiqqan Turkiyaning Varshavadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf Ziya O’zjan, “Islom tinchlik va omonlik demakdir”-dedi va hayrli ishga qo’l urgan TİKAga minnatdorchilik bildirdi.
Polsha muftiyi Tomasz Miskiewcz esa, Polshadagi tatarlarning haq va huquqini himoya qilish bo’yicha Turkiyaning ko’rsatgan say-harakatlari katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
TIKA bundan tashqari, Polshada Tatar madaniyat markazining ochilishini va poytaxt Varshavada joylashgan musulmon qabristonini ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar