Turkiyada aholini ish bilan ta’minlash masalasi

Turkiya aholini ish bilan ta'minlash bo'yicha dunyoning yirik davlatlarini dog’da qoldiradi.

286209
Turkiyada aholini ish bilan ta’minlash masalasi

Turkiya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlar orasida keyingi yili aholini en ko’p ish bilan ta’minlagan 3 davlatdan biriga aylanadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ma’lum qilinishicha Turkiya keyingi yili mavjud ishchi kuchiga yana 526 ming kishini qo’shadi.

Undan tashqari 2016-yili aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha eng muvaffaqiyatli bo’lishi kutilgan davlatlar orasida 1.6 million kishi bilan AQSh birinchi o’rinni, 1.2 million kishi bilan Meksika ikkinchi o’rinni, 526 ming kishi bilan Turkiya uchinchi o’rinni egallaydi.

Turkiya ushbu raqam bilan Angliya, Kanada, Fransiya, Germaniya kabi dunyoning yirik davlatlarini dog’da qoldiradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar