Olim va yozuvchilar Misrdagi o'lim jazosini qoraladi

Turkiyaning yetakchi olimlari va yozuvchilari Misrda to’ntarish orqali o’z vazifasidan chetlatilgan Prezident Muhammad Mursi va boshqa to’ntarishga qarshi bo’lganlarga qaratilgan o’lim jazosi haqidagi qarorini qoraladilar.

279882
Olim va yozuvchilar Misrdagi o'lim jazosini qoraladi

Ular xalqning 52 foiz ovozi bilan birinchi Prezident bo’lib saylangan Prezident Muhammad Mursi bilan birga misrlik olim va Jahon Musulmon Olimlari Ittifoqi raisi Yusuf al-Karadavi bosh bo’lish bilan birga jami 106 kishiga o’lim jazosi berilganligini eslatib o’tar ekan “To’ntarishchi Sisi rahbariyati tomonidan berilgan va hech qanday huquqiy asosi bo’lmagan o’zboshimchalik bilan berilgan o’lim jazosini Turkiya va dunyo musulmon aholisi nomidan qoralaymiz” dedi.

Undan tashqari “Rahmsiz Misr rahbariyati tomonidan berilgan bu nohaq va hech qanday huquqiy kuchga ega bo’lmagan o’lim jazosi, faqatgina 106 nafar kishiga emas balki butun musulmon aholisiga, butun islom ummatiga qaratilgan” deyildi.

Shu bilan birga Misrdagi to’ntarish huquqi vijdonsizlik, ahloqsizlik va vahshiylikning ko’rsatkichi ekanligini va bunga butun dunyoning indamaygina qarab turishi jinoyatga sheriklik deb hisoblanshi ta’kidlandi.

Izohatda o’lim jazosiga hukm qilingan to’ntarishchilarning shunchali chorasiz ekanliklari ham tilga olindi.

Insonparvarlik yordam fondi Bosh direktori o’rinbosari O’sman Atalay ham,
-“Bundan keyin mintaqadagi masalalarga hech kim mo’nelik qilolmaydi. Bu yerda Qatar va Saudiya Arabiston masalaga aralashib bu o’lim jazosining oldini olishi kerak” dedi.

Norozichiliklar bildirilgach Muhammad Mursi va o’lim jazosiga hukm qilingan 107 kishi uchun duo qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar