Tashqi ishlar vazirligi Gretsiyadagi notinchlikni qoraladi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi noma'lum shaxslar tomonidan ot qo'yib yuborilgan voqeani qoraladi.

240603
Tashqi ishlar vazirligi Gretsiyadagi notinchlikni qoraladi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Gretsiyaning G’arbiy Frakiyadagi Gumuljene shahrida joylashgan Mahmud Og’a va Alankuyu deb nomlangan ikki nafar jome masjidi bog’idagi daraxtlarga bir vaqtning o’zida ot qo’yib yuborilganligining “e’tibor qaratuvchi” ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ikki voqeaning bir-biri bilan aloqali ekanligi haqida taassurot qoldirilganligi ifodalandi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan izohatda, “Har ikki jome masjidining ziyon ko’rishiga yo’l ochgan olov haqidagi ma’lumotni hijolatchilik bilan eshitdik” deyilar ekan Mahmud Og’a va Alankuyu jome masjidining bog’idagi daraxtlarga bir vaqtning o’zida ziyon yetkazilganligiga e’tibor qaratildi.

İkki voqeaning bir-biri bilan aloqali ekanligi haqida taassurot qoldirilganligi ifodalangan izohatda “G’arbiy Trakiyada istiqomat qiluvchi turklar uchun muqaddas bo’lgan makonlarda so’dir bo’lgan bu jirkanch voqeaning Gretsiya rasmiylari tomonidan, eng qisqa muddat ichida aniqlanishini tilab, Gretsiyada istiqomat qiluvchi turklarning tinchligi va xavfsizligi uchun kerakli butun tadbirlarning olinishini kutib qolamiz” deyildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar