R.T.Erdog’an Yevropa Parlamentining qaror loyihasini baholadi

Erdog’an o’z so’zini “Menga ishoning, osha davrda turk xalqi ko’proq azob tortgan” deya tamomladi.

238570
R.T.Erdog’an Yevropa Parlamentining qaror loyihasini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Yevropa Parlamentining 1915-yilgi voqealar haqidagi qaror loyihasini baholadi.

Erdog’an: “Bu qaror, biz uchun, hech qanday kuchga ega emasdir” dedi.

Rasmiy ziyorat uchun Qozog’istonda bo’lgan va rahbarlik qilgan Turk-Qozoq Oliy darajali Hamkorlik kengashida so’zga chiqgan Erdog’an, bu qarorga qo’l qo’yganlarning avvalom bor tarixga nohaqlik qilganliklarini ta’kidladi.

Prezident;

“O’tmishda hech qanday genotsid jinoyatiga qo’l urilmagan lekin shunga qaramay mutlaqo qo’l urulgandek qilib Turkiyaga qabul qildirishga harakat qilganlar bekorga ovora bolyapdilar. Bu haqida parlamentda olingan qaror biz uchun hech qanday kuchga ega emasdir. Bu mavzuda siyosatchilarning butun bayonlari ham yo’q hisoblanadi” dedi.

Turkiyaning arman xalqi bilan hech qanday muammosi yo’qligini ta’kidlagan Erdog’an o’z so’zini “Menga ishoning, osha davrda turk xalqi ko’proq azob tortgan” deya tamomladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar