Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir Mojaristonda…

Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir Mojaristonning poytaxti Budapeshtda Mojariston Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.

229744
Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir Mojaristonda…

Yevropa Ittifoqi vaziri Volkan Bozkir Mojaristonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Volkan Bozkir Mojaristonning poytaxti Budapeshtda energiya xavfsizligiga bag’ishlangan yig’ilishga qatnashadi.
Volkan Bozkir yig’ilish oldidan Makedoniya Tashqi ishlar vaziri Nikola Poposki, Serbiya Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri İvitsa Dachich va Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias bilan birga Mojariston Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuvdan so’ng, Volkan Bozkir Mojariston Tashqi ishlar vaziri va Tashqi tijorat vaziri Peter Szijjarto va Yunoniston Tashqi ishlar vaziri Kotzias bilan uchrashdi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalar va mintaqaviy o’zgarishlar haqida fikr almashildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar