Terror tashkiloti a’zosi ustidan Avstriya pasporti chiqdi

O'zi esa İtaliyada qo'lga tushdi.

229071
Terror tashkiloti a’zosi ustidan Avstriya pasporti chiqdi

O’tgan hafta uyushtirilgan hujum oqibatida shahid bo’lgan Respublika prokurori Mehmet Selim Kirazning o’lim buyrug’ini bergan terroristlardan biri İtaliyada qo’lga tushdi.

İtaliyaning Mestre mintaqasida terrorga qarshi kurash organi Digos tomonidan amalga oshirilgan amaliyot natijasida qo’lga tushgan terroristning Sudga oshirilishi kutilmoqda.

İnterpol tomonidan 2 yildan beri qidirilayotgan terrorist, prokuror Kiraz shahid etilgan xoin hujumning uyushtiruvchilaridan biri.

Terror tashkiloti İnqilobiy Xalq ozodlik partiyasi-Mintaqa a’zosi terrorist, Turkiyada 1994-yildan beri bir necha noqonuniy harakatlarda ishtirok etgan edi.

Oilasi bilan birga dam olish chog’ida qo’lga tushgan 45 yoshidagi terroristning ustidan Avstriya pasporti chiqdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar