Terror hujumi bahonasi bilan Islom dushmanligi avjlantirilmoqda

Bosh vazir o’rinbosari Kurtulmush, Bardo muzeyiga uyushtirilgan terror hujumlariga norozichilik namoyishiga ishtirok etgandan keyin, Turkiyaning Tunis elchixonasida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

287359
Terror hujumi bahonasi bilan Islom dushmanligi avjlantirilmoqda

Kurtulmush: “Terror hujumlari bahonasi bilan Islom dushmanligi avjlantirilmoqda”.
Bosh vazir o’rinbosari Kurtulmush, Bardo muzeyiga uyushtirilgan terror hujumlariga norozichilik namoyishiga ishtirok etgandan keyin, Turkiyaning Tunis elchixonasida jurnalistlarga ma’lumot berdi.
Ayniqsa Arab bahoridan keyin shimoliy Afrika o’lkalari va Yaqin sharq jiddiy tahdidlar ostida ekanini ta’kidlagan Numan Kurtulmush, eng katta tahdidlardan biri esa terror ekanini bildirdi.
Kurtulmush , “ kim tomonidan himoya qilinsa qilinsin terrorning har turiga qarshimiz” deb ifoda etdi.
Kutulmush: “ Uzoq yillardir davom etgan terror hujumlari bizga bir narsalar o’rgatmoqda. Yirik kuchlarning strategik yordamini olmagan, logistika himoyasini ko’rmagan, razvedka hatto moddiy yordam olmagan hech bir terror tashkilotining harakat etishi mumkin emas” dedi.
Dunyoning hech bir joyida terror hujumlari yolg’iz o’zi uch – to’rt nafar bilan birga tashkillashtiradigan bir narsa emas degan Kurtulmush, “ Terrorning ko’rinmagan bir yuzi bordir. Dunyo terrorning ko’rinmagan yuziga qarshi ham birgalikda hushyor bo’lib birgalikda kurashishimiz kerak” deb ta’kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar