Prezident Erdo’g’an, " qurol bilan tinchlik bo'lmas " dedi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, “ qurollar ko‘lankasida tinchlik izlash mumkin emas” dedi.

277674
Prezident  Erdo’g’an, " qurol  bilan tinchlik bo'lmas " dedi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, “ qurollar ko‘lankasida tinchlik izlash mumkin emas” dedi.
Prezidentlik saroyida mahalla komiteti raislariga xitob qilgan Erdo’g’an, yechim jarayoni borasida to’xtatdi.
“- Qurollarni tashlamasdan turib yechimga foydangiz bo’lmas” degan Erdo’g’an so’zlagan nutqini shunday davom ettirdi:
-“ 2005- yilida Diyarbakirda birodarlarimizga “ Kurdlarning muammosi menim muammodir.” dedim. U payt inkor siyosatini rad etdik. Rad va inkor siyosatining yakunlanishi bilan, ya’ni davlat muammolarni qabul etib yechim topishga tashabbus qilishi bilan birgalikda, kurd muammosi yo’q dedik. Turkiyada endi Kurd muammosi yo’qdir, y’ani Kurt birodarlarimning muammolari bordir.” Demoqchiman.
Yechim jarayonini o’zlari boshlab yuborganini eslatgan Prezident Erdo’g’an,
Faqat yolg’iz boshimizga qolsak ham buni muvaffaqiyatga yetkazamiz” deb bildirdi.
Prezidentning boshqa bir bekati esa poytaxt Anqarada uyushtirilgan Qizil yorim oy jamiyati bosh kengashi edi.
Bu yerda qilgan ma’ruzasida” har tashkilot kechikishi mumkin, faqat Qizil yorim oy jamiyati kechikmas” deb boshlagan Prezident,
“- Qizil yorim jamiyatining ramzi bo’lgan yorim oy, bu bayroq hilpiragan har makonda , qilgan yordamlari umidlarga vosila bo’lgandir” dedi.
Iroqdan, Suriyadan oxirgi yillarda kelgan muhojirlarni Qizil yorim oy jamiyati kutib olganini eslatgan Prezident, tashkilot 10 yil oldin 45 million dollar saviyasida insonparvarlik yordam berar ekan ushbu miqdor bugun esa 4,5 milliard dollarga yuksaldi deb ta’kidladi.

 

 

 


 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar