Prezident Erdog'anning "Navro'z" tabrigi!

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “21-mart Xalqaro Navro’z kuni” munosabati bilan tabrik so’zi yollar ekan barchani “birdamlikga” undadi.

274843
Prezident Erdog'anning "Navro'z" tabrigi!

Navro’zni jahonning keng mintaqasida nishonlanib kelinayotgan mushtarak bayram va qardoshlikning ramzi sifatida baholagan Prezident Erdog’an, “Navro’z bayrami millatimizning o’tmishiga sodiq va kelajagini birgalikda insho etish irodasini ifoda etadi” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an Navro’z bayramining 2010-yildan e’tiboran, Birlashgan Millatlar tomonidan Xalqaro bayram sifatida butun jahonga qozondirilganligini nazarda tutgan holda;

“Navro’zning, yurtimizdagi qardoshlik va huzurni mustahkamlashtirishini tilayman. Bahor bilan birga yashargan umidlarimizning Navro’z bayrami munosabati bilan o’z natijasini olishiga va yap-yangi bir davrning boshlanishiga ishonchim komil” dedi.

Prezident Erdog’an Navro’z tabrigini o’zining twitterdagi rasmiy sahifasi orqali yo’llar ekan tabrik so’zi turk tilidan tashqari kurd, ingiliz, arab va fors tillarida o’rin oldi.

Prezident Denizli shahrida uyushtirilgan bir tadbirda xalqga xitob etar ekan so’zlarini “Bahorning va umidning suyunchisi bo’lgan Navro’z bayrami bilan barchani tabriklayman. Yurtimizdagi barcha qardoshlarimiz uchun huzur va tinchlik olib kelsin” deya yakunladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar