Prezident Erdog’an, Ukrainada

Janob Erdog'an, Ukraina ziyorati chog'ida 4-Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishida ham ishtirok etdi.

274637
Prezident Erdog’an, Ukrainada

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Ukraina Prezidenti Poroshenko tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezidentlar o’zaro uchrashuvlar ortidan Turkiya va Ukraina ortasidagi 4-Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishida ishtirok etdilar.

Yig’ilish ortidan Turkiya va Ukraina ortasida turli shartnomalarga imzo chekildi.

İmzo marosimi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot yig’ilishida jurnalistlarning savollariga javob bergan Erdog’an, Ukrainaning muammolarini xalqaro huquq va tuproq butunligi doirasida yechilish tilagini bildirdi.

Erdog’an, “Ukraina bilan inqiroz so’zining birga ishlatilishi bizni xijolat qilmoqda. Eng buyuk orzumiz qiyin kunlarning tezroq o’tishi va Ukrainaning har bir mintaqasida tinchlik va huzurning o’rnatilishi” dedi.

Erdog’an, “CİA rahbarining ifodasi bilan Kerryning ifodasi bir-biriga zid kelmoqda. O’tgan haftalarda kun tartibiga kelar ekan kop o’tmay Kerryning “yolg’on” degani ko’rdik. Esad Suriyaning boshida bo’lar ekan hech qachon Suriya tinchlikga erishmaydi. AQSh boshqaruvi qoshidagi muassasalarning mana shunday qotillarni qo’llab-quvvatlashiga ishonmayman” dedi.

Qrimdagi tatar turklarining muammolariga to’xtalgan Prezident Erdog’an, “Qardoshlarimizning muammolarini xalqaro va o’zaro uchrashuvlar orqali kun tartibiga olib chiqishni davom ettiramiz” dedi.

Poroshenko ham Turkiya bilan bo’lgan hamkorligiga katta ahamiyat berganliklarini belgilab, “ham o’zaro ham xalqaro sohalarda mushtarak qadamlar tashlash haqida qaror qabul qildik” deya gapirdi.

Prezident Ukrainaga, uy-joyini tark etgan kishilar uchun 10 million dollar pul ajratilishini ham qo’shimcha qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar