Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Latviyada

Janob Chavusho’g’lining ushbu ziyorati chog'ida Turkiyaning Yevropa İttifoqi a’zoligi va mintaqaviy masalalari kun tartibiga olib chiqildi.

252098
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Latviyada

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Gymnich yig’ilishslarida ishtirok etish niyatida Latviyaga safar qilar ekan poytaxt Rigada Yevropa İttifoqi Tashqi munosabatlar va Xavfsizlik politikasi Oliy komissari Federica Mogherini bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida mintaqaviy va energiya hamkorligi haqidagi masalalar qo’lga olindi.

Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik jarayoni va Yevropa İttifoqi bilan birga terrorga qarshi kurash mavzularida yana da chuqur hamkorlik qilinishi kun tartibida edi.

Yevropa İttifoqi a’zolari bilan nomzod davlatlar ishtirok etgan Gymnich yig’ilishlari bir yilda 2 marotaba Yevropa İttifoqi davriy poytaxt davlatning mazbonligida o’tkazilmoqda.

Yig’ilishlarda, Yevropa İttifoqining kelajagiga qaratilgan mavzular bilan İttifoqni yaqindan qiziqtirgan mintaqaviy yangiliklar qo’lga olinmoqda.

Yig’ilish doirasida, ittifoqga a’zo va nomzod davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o’zaro uchrashuvlar ham olib bormoqdalar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar